07:02 / 14.11.2018
3 039

O‘zbekistonda ilk bor "Google" ko‘magida DevFest o‘tkaziladi

O‘zbekistonda ilk bor "Google" ko‘magida DevFest o‘tkaziladi
"Google Developers Group" (GDG)ning asosiy tadbirlaridan biri bo‘lgan GDG — DevFest dasturchilar festivali ilk bor O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi ma’lum qildi.

Festival 24 noyabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida tashkil etilishi rejalangan. Tadbir GDG Tashkent guruhi, Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT) va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan "Google" kompaniyasi, O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi va BMT Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi ko‘magida o‘tkaziladi.

DevFest — "Google Developers Group" jamoalari tomonidan har yili "Google" kompaniyasi ko‘magida o‘tkaziladigan global tadbirlardan biridir. Ushbu tadbir doirasida dasturchilar, IT-mutaxassislar va yangi texnologiyalarga befarq bo‘lmagan kishilar "Google"ning so‘nggi texnologiyalari va ishlanmalari bilan tanishadi. O‘zbekistondagi DevFest’da "Google" mutaxassisi Eli Kaplan qatnashishi kutilmoqda.

Festival ishtirokchilari mahalliy va xorijlik mutaxassislar bilan axborot texnologiyalari sohasidagi so‘nggi tendensiyalarni kun davomida muhokama qiladi. Xususan, ishtirokchilar blokcheyndan foydalanish, mobil ilovalarni yaratish, VR/AR texnologiyalaridan biznesda foydalanish va boshqa mavzulardagi muhokamalarda ishtirok etadi. Festivalda qatnashish bepul, ammo ro‘yxatdan o‘tish lozim.

Ma’lumot uchun, Toshkentdagi Inha universiteti 2015 yildan buyon yosh mutaxassislar uchun Google I/O Extended Tashkent konferensiyasini o‘tkazib keladi. Konferensiya o‘zbekistonlik yosh mutaxassislarni "Google"ning innovatsion yechimlari bilan tanishishi uchun o‘ziga xos platformadir.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » O‘zbekistonda ilk bor "Google" ko‘magida DevFest o‘tkaziladi