10:03 / 15.12.2018
5 430

O‘zbekiston internet tezligi bo‘yicha nechanchi o‘rinda?

O‘zbekiston internet tezligi bo‘yicha nechanchi o‘rinda?
Irlandiyaning Ookla kompaniyasiga qarashli Speedtest.net Internet-servisi e’lon qilgan Speedtest Global Index reytingiga tayanib, Kun.uz sayti noyabr yakunlari bo‘yicha O‘zbekistondagi simsiz va simli Internet tezligi haqidagi ma’lumotlarni e’lon qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, mobil Internet tezligi jihatidan O‘zbekiston ikki pog‘onaga ko‘tarilgan va endi 123 mamlakat orasida 108-pog‘onani egallab turibdi (10,44 Mbit/s).

Sim bilan ulanuvchi Internet tezligi bo‘yicha mamlakat bir pozitsiyaga ko‘tarilgan va 126 davlat ichida 111-o‘rindan joy olgan (9,98 Mbit/s).

Islandiya mobil Internet tezligi bo‘yicha, (72,54 Mbit/s), Singapur esa, simli Internet tezligi bo‘yicha reyting yetakchisiga aylangan (185,25 Mbit/s).

Avvalroq O‘zbekistonda Internet umumiy o‘tkazish qobiliyati 10 martaga o‘sgani, bundan buyon Internet tezligida «gacha» qo‘shimchasi ishlatilmasligi xabar qilingandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » O‘zbekiston internet tezligi bo‘yicha nechanchi o‘rinda?