3 889
Toshkentda simsiz internetdan foydalanish nuqtalari soni 5 mingtaga yetkazilishi kutilmoqda
2019 yilning bahoriga qadar Toshkentda simsiz internet(Wi-Fi)dan foydalanish nuqtalari soni 5 mingtaga yetkazilishi kutilmoqda.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi xabariga ko‘ra, hozir poytaxtda bunday nuqtalarning umumiy soni 1200 ta.
Vazirlik kelgusida Toshkent Markaziy Osiyoda internetdan foydalanishning umumshahar miqyosida simsiz va keng polosali tarmog‘iga ega birinchi shahar bo‘lishini ma’lum qilgan.
Internetdan simsiz foydalanish tarmog‘i loyihasi SOLA brendi ostida "Asia Wireless Group" kompaniyasi tomonidan yaratilgan. Tizim tarmoqqa pulli va bepul ulanishni taklif etadi. Bepul kirish reklama roligini ko‘rib chiqishdan keyin taqdim etiladi. Tizim orqali Toshkent shahri aholisi va mehmonlari provayderning qamrovi doirasida istalgan vaqtda va istalgan joyda internetdan foydalanishlari mumkin.
"Asia Wireless Group" kompaniyasi kelgusida Toshkentda Wi-Fi shahar tarmog‘ini kengaytirish va Jizzax, Samarqand, Farg‘ona, Andijon, Namangan, Buxoro, Navoiy, Urganch va Qarshida 45 mingdan ortiq kirish nuqtalarini o‘rnatishni rejalashtirmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi