«O‘zbektelekom” joriy yilning 1 dekabridan boshlab O‘zbekistonda internet tezligi 10 barobarga oshirilishi haqida xabar qilgan edi. Lekin aytilgan sanadan boshlab internet tezligi hammada ham 10 barobarga oshdi deb ayta olmaymiz. Bu bo‘yicha “Sevimli” telekanalining “Zamon” dasturida O‘zbektelekom AK tijorat direktori vazifasini bajaruvchi Alisher Zufarov bilan suhbat uyushtirildi.
— “Yil boshida tashqi internet kanali umumiy o‘tkazuvchanlik qobiliyati 110 GB sekundni tashkil qilgan. 1 dekabr holatiga kelib ushbu ko‘rsatkich 1200 GBni tashkil etdi. Bu degani 10 barobardan ortiqqa oshirildi. Operator-provayderlar internet tezligini oshirishni so‘rashsa, 10 barobargacha oshirish imkoniyati mavjud. “O‘zbektelekom” AK operator-provayderlardan tashqari foydalanuvchilarga, tashkilotlarga ham internet xizmatlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri yetkazib beradi.
Ushbu xizmatimizda ham bozorda sezilarli o‘zgarish bo‘lishini ta’minlash maqsadida mavjud abonentlarimizning tarif rejalarini 3 baravargacha oshirish ko‘zlangan. Bunga misol, 1 dekabrga qadar foydalanuvchilar 200 ming so‘mga 2 MB tezligida internet olish imkoniyatiga ega bo‘lishgan bo‘lishsa, 1 dekabrdan boshlab ushbu narx 88 ming so‘mga tushirildi. Operator-provayderlar yil boshida 1 MB internetni 244 ming so‘mga sotib olishardi, 1 dekabrdan ushbu narx 85 ming so‘mgacha tushirildi.
Hozirni o‘zida ishlab turgan abonentlarga aynan o‘sha to‘lovning o‘ziga 3 baravar yuqori tezlikda internet xizmatini taqdim etyapmiz. 2 MB internet ishlatib kelayotgan foydalanuvchilarimiz 200 ming so‘m to‘lov amalga oshirib kelgan bo‘lsa, 1 dekabrdan 88 ming so‘mlik ta’rifni eshitishganidan so‘ng, kelib shu tarifga o‘tishni boshlashdi. Ularni avtomatik tarzda 6 MBga o‘tkazdik. Aksariyat mijozlarimiz hozirning o‘zida past ta’rif rejasiga o‘tishdi. Natijada ular internet tezligini oshganini sezishmadi”, deydi Alisher Zufarov. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi