15:15 / 16.01.2019
8 028

O‘zbekistonda «Facebook» va «YouTube» yana o‘chirib qo‘yildi

O‘zbekistonda «Facebook» va «YouTube» yana o‘chirib qo‘yildi
Kecha, 15 yanvar kuni O‘zbekistonda 128 kundan buyon kirish noma’lum sabablarga ko‘ra taqiqlab qo‘yilgan «Facebook» ijtimoiy tarmog‘i va «YouTube» xalqaro videoportali va nihoyat ishlay boshlagani, 4 oy deganda unga VPN’siz ulanib bo‘layotgani haqida yozgan edik. Afsuski, quvonchimiz uzoqqa bormadi, deb yozmoqda Qalampir nashri.

Oradan 7-8 soat o‘tar-o‘tmas, ya’ni soat 18:00 dan keyin yana «Facebook» va «YouTube»ga kirish imkoniyatini boy berdik. O‘rgangan ko‘ngil o‘rtansa qo‘ymas deganlaridek, telefoni, kompyuteri va boshqa qurilmalaridan VPN’ni o‘chirishni ulgurmaganlar yana “har qanday eshikni ochar ishonchli kalit”ga murojaat qilishyapti.

Ayni vaqtda «Telegram», «Instagram» va «Facebook» kabi ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari «Facebook» va «YouTube»ning bir muddatlik ochib yuborilishini tanqidga olib, “O‘zbektelekom”ni odamlarni mazah qilishda ayblamoqda.

Ijtimoiy tarmoqlar tonggacha turli tanqidiy izohlar bilan to‘lib toshdi. Ayni vaqtda O‘zbekistonda hamon «Facebook» va «YouTube»ga VPN’siz kirishning imkoniyati yo‘q.

“Kattalardan kimdir bizda «Facebook» va «YouTube» degan saytlar ishlaydimi, degan bo‘lsa “ha” deb javob berib, o‘sha vaqtning o‘zida bir necha soatga ochib qo‘yishgan ko‘rinadi”, deb yozadi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan biri.

Yana bir foydalanuvchi esa boshqa fikrni yozib qoldirgan:
“Facebook va YouTube’ga VPN’siz kiryapman, demak men O‘zbekistonda emasman”.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » O‘zbekistonda «Facebook» va «YouTube» yana o‘chirib qo‘yildi