08:12 / 17.01.2019
8 607

Dekabr oyida O‘zbekistonda internet tezligi nima uchun oshmaganligi ma’lum bo‘ldi

Dekabr oyida O‘zbekistonda internet tezligi nima uchun oshmaganligi ma’lum bo‘ldi
Irlandiyaning “Ookla” kompaniyasiga qarashli Speedtest.net sayti dekabr oyi yakunlari bo‘yicha dunyodagi simsiz va simli internet tezligi haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan reytingni e’lon qildi.

Reyting natijalariga ko‘ra dekabr oyida O‘zbekistonda internet tezligi ko‘tarilmagan, deb yozadi Spot.uz.

O‘zbekiston dekabr oyidagi mobil internet tezligi bo‘yicha (9,97 Mbit / s) uch pog‘ona pastlab 111, simli tezlik (10,11 Mbit / s) bo‘yicha esa uch pog‘ona yuqorilab 108-o‘rinni egalladi.

Islandiya reytingda mobil internet tezligi bo‘yicha (72,77 Mbit/s), Singapur esa simli tezlik (190,94 Mbit/s) bo‘yicha yetakchilikni saqlab qoldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Dekabr oyida O‘zbekistonda internet tezligi nima uchun oshmaganligi ma’lum bo‘ldi