Uzcard karta egalarini Uzcard brendi ishlatilgan kiberjinoyat ro‘yxatga olingani haqida ogohlantirdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, noma’lum shaxslar tomonidan uzcard.uz rasmiy saytining interfeysi nusxalanib, Uzcard to‘lov tizimi nomidan WEBSUM bilan hamkorlikda aksiya tashkil etilgani ro‘yxatga olingan.
Reklamada taqdim etilgan ma’lumotga binoan, ushbu tadbirda qatnashgan ishtirokchilar o‘z karta raqamlarini kiritib, pul miqdori o‘tkazish evaziga ushbu yuborilgan mablag‘dan ma’lum miqdorda foizlarga ega bo‘lishi nazarda tutilgan.
Uzcard rasmiy xabariga ko‘ra, ushbu aksiya Uzcard banklararo to‘lov tizimi tomonidan tashkillashtirilmagan. Hozirda kompaniya tomonidan ushbu qalloblik hodisasi yuzasidan tergov ishlari boshlangan bo‘lib, yaqin kunlarda uning natijalari borasida xabarlar beriladi.
“Ogoh bo‘ling! Tekshirilmagan noma’lum internet vositalarga o‘z mablag‘laringizni ishonib topshirmang. Domenlarning nomlanishiga alohida e’tiboringizni qarating! Bizning rasmiy domenimiz uzcard.uz. Jumladan, domen nomida biron bir harfning o‘zgartirilgani uning haqiqiy emasligidan dalolat beradi: uzcard.org, uzcard.com, uzcard.info. Kompaniyamizga tegishli muhim xabar, eng so‘nggi yangilik va aksiyalarga tegishli tafsilotlarni uzcard.uz rasmiy saytimiz hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib borishingiz mumkin”, - deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?