iPhone smartfonlari uchun keng tarqalgan dasturlar smartfon ekranida yuz berayotgan hodisalarni kuzatib, o‘zi uchun kerakli ma’lumotlarni saqlab qolishi aniqlandi. Bu haqda mutaxassislarga iqtibos keltirgan holda TechCrunch ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, bunday xatti-harakatlar Glassbox texnologiyasidan foydalanuvchi, mehmonxonalar va aviachiptalarni bronlash dasturlari ishida aniqlangan.
Gap mehmonxonalarni bronlash sayti Hotels.com, Abercrombie & Fitch va Hollister reteylerlari, Air Canada va Singapore Airlines aviakompaniyalari va sayyohlar uchun mo‘ljallangan Expedia servisi haqida bormoqda. Bu kompaniyalarning barchasi Glassbox texnologiyasidan foydalanadi. Bu texnologiya smartfon egasi bosgan klavishlar, uni imo-ishoralari ortidan kuzatib, ekranni tasvirga oladi. So‘ngra bu ma’lumot turli xil reklamani ilgari surish uchun qo‘llanadi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, dasturlar barcha operatsiyalar va foydalanuvchi haqidagi ma’lumotlarni uning roziligisiz saqlab oladi. Shu bilan birga ma’lumot ishonchli shifrlash bilan himoyalanmagan va xakerlar qo‘liga osongina tushishi mumkin.
Tahlilchilarning ta’kidlashicha, hozirda foydalanuvchilar ortidan bunday kuzatuv tartiblashtirilmagan. Mutaxassislar yashirincha kuzatuv olib boruvchi dasturlardan foydalanmaslikni tavsiya qilishgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi