08:33 / 10.03.2019
7 471

Yaponlar oʻgʻrini hali oʻgʻirlik sodir etmay turib taniy oladigan sunʼiy intellekt yaratishdi

Yaponlar oʻgʻrini hali oʻgʻirlik sodir etmay turib taniy oladigan sunʼiy intellekt yaratishdi
Bu dasturni Yaponiya olimlari “VaakEye” deb nomlashdi. Bu aslida alohida sunʼiy intellekt hisoblanadi. Uning vazifasi savdo markazlari, supermarketlar, gipermarketlarda oʻgʻirlik sodir etishi mumkin boʻlgan oʻgʻrining kimligini kuzatuv kameralari orqali aniqlab, sotuvchi yoki doʻkonlar egalariga shu haqda xabar berishdan iborat.

Demak, alohida shaxsning aslida oʻgʻri ekani, niyati yomonligi aniqlangach, mutasaddilar uni doʻkondan haydab chiqarishadi. Toʻgʻri, hali oʻgʻirlik sodir etmagan odamni jinoiy javobgarlikka tortib boʻlmaydi. Shunga yarasha doʻkondorlar navbatdagi koʻngilsizlikning oldini olishadi.

Sunʼiy intellekt test sinovlari davomida Tokio savdo markazlarida yetti nafar oʻgʻrini oldindan aniqlab, moddiy yoʻqotishlar, koʻngilsiz hodisalarning oldini olishga ulgurdi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Yaponlar oʻgʻrini hali oʻgʻirlik sodir etmay turib taniy oladigan sunʼiy intellekt yaratishdi