17:17 / 19.03.2019
4 652

“WinRAR”ni yangilang! 19 yillik xavf aniqlandi

“WinRAR”ni yangilang! 19 yillik xavf aniqlandi
Foto: “SecurityLab”
“Check Point” kompaniyasi mutaxassislari “WinRAR”da 19 yildan beri mavjud zaif nuqtani aniqlashdi, bungacha xakerlar va zararli dasturiy taʼminot tarqatuvchilari qancha foydalanuvchilarning maʼlumotlarini qoʻlga kiritishdi ekan...

Dasturning yangi (2019 yil, yanvar) 5.70 versiyasida bu xatolik toʻgʻrilandi, ammo “WinRAR” yangilanish talab qilmaydi... Bundan bexabar millionlab odamlar esa undan uzoq yillardan beri foydalanib kelishyapti.

“Zaif nuqta”ni topgan “Check Point” mutaxassislari tushuntirishlaricha, dasturiy taʼminot ochilganida avtomatik ravishda zararli dasturlarni chiqarib olishi uchun kengaytmaga joylashtirilgan. Zararli dasturlar kompyuterni yoqish papkasiga joylashib oladi, yaʼni har safar foydalanuvchi kompyuterni yoqish barobarida, oʻzi bilmagan holda, viruslarga ham “start” beraveradi.

Shu kompaniya maʼlumotlariga koʻra, turli mamlakatlar kiberjosuslik boʻyicha kampaniyalar nishoniga aylanmoqda. “McAfee” antivirus kompaniyasi esa aksariyati AQSHga qaratilgan 100 ta kiberhujumda aynan “WinRAR” qoʻllanilganini qayd etgan.

Qariyb 20 yil davomida “WinRAR” arxivlash dasturidan foydalanganlar soni 500 million nafardan oshdi; bulardan qanchasi “zaif nuqta”dan jabrlanganini aniqlash imkonsiz ish.

Yana bir muammo bor: garchi “WinRAR”ning xavfsiz talqini — 5.70 yanvar oyi oxirlarida chiqqan boʻlsada, uni saytdan faqat qoʻlda koʻchirib olib, oʻrnatish mumkin, boshqalar esa bu kritik yangilanish mavjudligini bilmaydi ham.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » “WinRAR”ni yangilang! 19 yillik xavf aniqlandi