Xiaomi kompaniyasi yaqinda Xitoyda BlackShark 2 oʻyin smartfoni haqida eʼlon qilgan edi. Endilikda bu model haqida Yevropa uchun moʻljallangan saytida ham yangilik paydo boʻldi.
BlackShark 2 oʻyinlar uchun moʻljallangan smartfonining Yevropa bozori uchun chiqariladigan nusxasida oddiysiga nisbatan oʻzgarishlar bor.
Ushbu smartfon Samsung kompaniyasining 6.39 dyumli AMOLED-displeyli Full HD+ formatidagi DCI-P3, sRGB i HDR xizmatlarini qoʻllay oladigan 240 Gs chastotali ekran bilan jihozlangan. Ekranning sezuvchanligi bor yoʻgʻi 43.5 millisekundni tashkil etadi. Super-a!
Smartfonning protsessori ham chakkimas. Snapdragon 855 protsessor ikkita suyuq sovutish tizimiga ega, akkumulyator quvvati 4000 mAs.li tezkor quvatlash tizimiga 25 vattlik zaryad qurilmasini oʻz ichiga oladi. Hayratlanarli ikkita asosiy 48 Mp + 12 Mpllik kamera, stereotovushli audiotizim va ekran ostida barmoq skaneri har qanday mijozni aqldan shoshiradi. Smartfon Android 9 Pie dasturini qoʻllay oladi.
BlackShark 2 ikki xil rang Shadow Black i Frozen Silver da chiqarilishi moʻljallanmoqda. Ushbu model 8 GBli operatsion tizim va 128 GBgacha ichki xotira joyiga ega boʻladi. Narxi esa 550 yevro atrofida boʻlishi belgilangan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?