19:40 / 25.04.2019
3 535

Fikrni o‘qiy oladigan moslama yaratilgani e’lon qilindi

Fikrni o‘qiy oladigan moslama yaratilgani e’lon qilindi
Kaliforniya universiteti olimlari San-Fransiskoda o‘ziga xos miya implantanini taqdim qilishdi. Science News xabariga ko‘ra bu moslama miya aktivligini hisobga olgan holda fikrlarni jumlalar bilan ovozli tarzda ifodalaydi.

Ixtirochilar besh kishining so‘zlashuv davrida ovoz paychalari harakati, miya faollashuvini kuzatib, maxsus elektrodlar ishlab chiqdilar. Keyinchalik implantantlar yordamida jag‘, til, lablar harakatlariga muvofiqlashtirildi va bu harakatlarning miyadagi o‘zgarishlarga mosligi tekshirildi. Shundan so‘ng har bir kishi so‘zlashuvining virtual modeli yaratildi.

Insonning so‘zlash jarayonidagi miya faoliyati modeli yaratilganidan so‘nggina fikrlashni o‘qish sinab ko‘rildi va miya faolligi ovozlarga aylantirildi. Kuzatuvchilarning ma’lum qilishicha, chiqqan ovozlarning taxminan 70 foizi tushunarli bo‘lgan.

Olimlar shu bilan birga bu ixtironing keng omma orasida qo‘llashga hali ertaligi, xususan og‘ir kasalliklar, masalan insult tufayli gapira olmaydigan yoki ovoz paychalari zararlanganlarga nisbatan qo‘llab bo‘lmasligini bildirishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Fikrni o‘qiy oladigan moslama yaratilgani e’lon qilindi