15:28 / 30.04.2019
3 153

Beeline Oʻzbekiston boʻylab 70ga yaqin yangi tayanch stansiyalarini ishga tushirdi

Beeline Oʻzbekiston boʻylab 70ga yaqin yangi tayanch stansiyalarini ishga tushirdi
Beeline Andijon, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Fargʻona va Xorazm viloyatlarida 70ga yaqin yangi tayanch stansiyalarini ishga tushirildi.

Beeline Andijon, Buxoro, Jizzax, Jomboy, Qarshi, Qoʻqon, Margʻilon Navoiy, Namangan, Paxtaobod, Samarqand, Xoʻjand, Chiroqchi va Shaxrisabz shaharlarda tarmoqni kengaytirdi. Bundan tashqari, respublikaning bir qator tuman va qishloqlarda ham qoʻshimcha tayanch stansiyalari oʻrnatildi.

"Bizning maqsadimiz abonentlarga yuqori tezlikdagi mobil Internet imkoniyatlarini taqdim etishdir. Yuqori tezlikdagi Internetga boʻlgan talabning ortib borayotganini kuzatmoqdamiz, mijozlarimiz aloqa jarayoniga tobora koʻproq jalb qilinmoqda va axborot oqimlarini kuzatishmoqda. Biz respublikaning eng chekka nuqtalarini ham yuqori sifatli aloqa bilan taʼminlash maqsadida texnologiyalarga sarmoya kiritishga tayyormiz”, - dedi Unitelʻning texnik direktori Yevgeniy Klyuchev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Beeline Oʻzbekiston boʻylab 70ga yaqin yangi tayanch stansiyalarini ishga tushirdi