06:36 / 05.05.2019
4 578

«O‘zbektelekom»: Tezlik oshib, narxlar tushiriladi

«O‘zbektelekom»: Tezlik oshib, narxlar tushiriladi
Foto: «O‘zbektelekom»
«O‘zbektelekom» AK ko‘rsatilayotgan xizmatlar hajmini va abonentlar sonini oshirish, internetga ulanishni yanada yuqori tezlikda taqdim etishga yo‘naltirilgan bir qator loyihalarni amalga oshirmoqda, deb xabar berdi kompaniya matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, 2019 yilning to‘rt oyi mobaynida quyidagi ishlar amalga oshirilgan:

- Liniya kabel xo‘jaliklarini texnik me’yorda saqlash maqsadida eskirgan telefon tarmog‘i liniyalarini ta’mirlandi, 4 ming km.dan ortiq turli sig‘imdagi kabel mahsulotlari yangilandi, respublikaning barcha hududlarida xDSL texnologiyasi orqali taqdim etilayotgan telekommunikatsiya xizmatlari sifati ko‘rsatkichlari oshirildi.

- 150 mingdan ortiq sig‘imga ega, tarmoqqa keng polosali ulanish qurilmalari o‘rnatilishi natijasida abonentlarga FTTx texnologiyalari bo‘yicha optik aloqa liniyalari orqali telekommunikatsiya xizmatlari taqdim etilmoqda. Joriy yilning birinchi choragi davomida 2 408 ta ko‘p qavatli uylar, 1 108 ta umumta’lim maktablari zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlari bilan ta’minlandi.

- «O‘zbektelekom» AK tomonidan 2019 yil boshidan aholi va boshqa ijtimoiy soha muassasalariga GPON texnologiyasi orqali zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlarini taqdim etish maqsadida 5 ming km.dan ortiq optik aloqa kabellari yotqizildi.

Foto: «O‘zbektelekom»
«O‘zbektelekom» AK Chaqiriqlarni qayta ishlash yagona markazi ishi sifati va samaradorligini oshirish uchun respublikaning barcha viloyatlaridan qo‘ng‘iroqlarni «1084» va «1086» qisqa raqamlariga qayta yo‘naltirilib, qo‘ng‘iroqlarni qabul qilish tizimi markazlashtirildi.

O‘zbekistonning barcha viloyatlarida hozirgi vaqtda abonentlarni ulash uchun umumiy sig‘imi 146 944 portga ega GPON hamda 54 272 portli VDSL texnologiyasi qurilmalarni montaj va sozlash ishlari olib borilmoqda va joriy yilning 2-choragi yakuniga qadar to‘liq ishga tushirish rejalashtirilgan. Shuningdek, joriy yil 3-choragi yakuniga qadar qo‘shimcha 600 mingdan ortiq portga ega GPON qurilmalari yetkazish rejalashtirilgan.

Telekommunikatsiya tarmoqlarini modernizatsiya qilish davom etmoqda. Tezlik oshib, narxlar tushirilmoqda, deyiladi kompaniya xabarida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » «O‘zbektelekom»: Tezlik oshib, narxlar tushiriladi