Raqamli iqtisodiyot va “Elektron hukumat” tizimi infratuzilmalarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq:
- “UZINFOCOM”ning ustav kapitalidagi davlat ulushi kamida 51 foizga oshiriladi;
- keyinchalik “UZINFOCOM”dagi davlat ulushi “Universal Mobile System” (UMS) ustav kapitalini ko‘paytirish hisobiga o‘tkaziladi.
“Elektron hukumat” va raqamli iqtisodiyot doirasidagi idoraviy axborot tizimlari, ma’lumotlar bazalari, dasturiy mahsulotlarni joriy etish bo‘yicha qarorlar ularni amalga oshirishning moliyaviy manbalarini aniq ko‘rsatgan holda qabul qilinadi.
UMS axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi xaridlarning texnik topshiriqlarini faqat Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi bilan kelishgan holda amalga oshiradi.
Davlat organlariga “Elektron hukumat” tizimi doirasida o‘z ma’lumotlarini qayta ishlash markazlarini tashkil etish va qurish taqiqlanadi.
UMS o‘ziga yuklangan vazifalar doirasida 2022 yil 1 yanvargacha chetdan olib kiriladigan tovarlar uchun bojxona to‘lovlaridan ozod etiladi.
Telekommunikatsiya ob’ektlarini qurish uchun UMSga yer uchastkalari auksionsiz beriladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
Olimlar qashshoqlik miyaning tez qarishiga sabab bo‘lishini aniqladilar
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
ISHID o‘z tarafdorlarini Isroilda hujumlar uyushtirishga chaqirdi
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi