11:09 / 28.05.2019
6 503

Xaridorgir «Galaxy A50» ham arzonlasha boshladi

Xaridorgir «Galaxy A50» ham arzonlasha boshladi
Foto: «Deskgram»
«Samsung» kompaniyasi yangilangan «Galaxy A» turkumining ilk smartfonlarini taqdim etganidan atigi ikki oygina vaqt o‘tib, ularning «kichik» vakillari narxlari tushira boshlagan edi. Endi esa arzonlashuv yangi – «Galaxy A50» modeliga ham yetib keldi, deb xabar bermoqda «Terabayt».

Kutilganidek, bu smartfonning arzonlashuvi ham Hindiston bozoridan boshlandi. Hozirda «Galaxy A50» modelining standart – 4 GBlik tezkor va 64 GBlik ichki xotiraga ega varianti 22 dollarga arzonladi. Endi hindistonliklar uni atigi 267 AQSh dollariga teng narxda xarid qilishlari mumkin.

«Galaxy A50» smartfonining «katta», ya’ni 6/64 gigabaytlik xotira bilan ta’minlangan variantining narxi esa yaxshigina – 36 dollarga pasaydi. Ya’ni, endilikda Hindistonda uni 310 dollarga olish mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Xaridorgir «Galaxy A50» ham arzonlasha boshladi