20:17 / 25.06.2019
4 315

O‘zbekiston «Tigr» zirhlangan avtomobillarini sotib oldi

O‘zbekiston «Tigr» zirhlangan avtomobillarini sotib oldi
O‘zbekiston Qurolli kuchlari Rossiyaning ko‘p maqsadli "Tigr" zirhlangan avtomobillari partiyasini sotib oldi. Bu haqda "Armiya-2019" beshinchi xalqaro harbiy-texnik forumida ishtirok etayotgan O‘zbekiston rasmiy delegatsiyasi vakilining so‘zlariga asoslanib TASSga tayanib Kun.uz xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, "bir necha o‘nta" maxsus komplektatsiyadagi VPK-233136 "Tigr" zirhlangan mashinalari sotib olingan.

"Avtomobillar O‘zbekiston maxsus bo‘linmalarining talabi bo‘yicha takomillashtirildi. Xususan, zirhlangan korpus qo‘shimcha eshiklar bilan jihozlandi, barcha oynalarga himoya panjaralari qo‘yildi, tom qismiga esa infraqizil projektor va old va orqa lyuklar perimetri bo‘yicha merganni himoya qiluvchi yig‘ma zirh o‘rnatildi", – dedi agentlik suhbatdoshi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, ushbu "Tigr"lar 7,62 millimetr kalibrli PKM pulemyotlari bilan jihozlangan.

"Bu "Tigr"lar o‘zini ijobiy tomondan ko‘rsata oldi. Mashina maxsus bo‘linma oldiga qo‘yilgan barcha topshiriqlarni bajara oladi va tom ma’noda ular uchun uy sifatida xizmat qilishi mumkin. Har qanday zirhlangan avtomobil ham bunga qodir emas", - deb ta’kidlagan manba.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » O‘zbekiston «Tigr» zirhlangan avtomobillarini sotib oldi