16:50 / 16.07.2019
3 487

O‘zbekiston mobil internet tezligi bo‘yicha reytingda 132-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston mobil internet tezligi bo‘yicha reytingda 132-o‘rinni egalladi
Irlandiyaning Ookla kompaniyasiga tegishli Speedtest.net internet-servisi 2019 yil iyun oyi yakunlari bo‘yicha jahonda mobil va simli internet tezligi haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan Speedtest Global Index oylik reytingini e’lon qildi.

O‘zbekistonning pozitsiyalari quyidagicha ko‘rinish oldi:
- mamlakat mobil internet tezligi bo‘yicha o‘z pozitsiyasini yanada pasaytirdi va 9,63 Mbit/s. tezlik bilan 132-o‘rinni egalladi;
- simli internet tezligi bo‘yicha 17,07 Mbit/s. tezlik bilan 177 davlat orasida 116-o‘rindan joy oldi.

Janubiy Koreya (90,06 Mbit/s.) mobil internet tezligi, Singapur (195,88 Mbit/s.) simli internet tezligi bo‘yicha birinchi o‘rinni egallagan.

Speedtest servisdan o‘z ulanishi tezligini tekshirishda foydalanuvchi shaxslardan olingan ma’lumotlar asosida tezlikni hisoblab chiqaradi hamda reytingni shakllantiradi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » O‘zbekiston mobil internet tezligi bo‘yicha reytingda 132-o‘rinni egalladi