Foto: «howtotechglitz.com»
«O‘zbektelekom» AK 2019 yil 1 avgustdan e’tiboran «Teznet business» tarif rejalariga o‘zgartirishlar kiritadi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu seriyadagi barcha tarif rejalarida abonent to‘lovi o‘zgartirilmagan holda internetdan foydalanish tezligi 50 foizgacha oshiriladi.
Misol uchun, «Teznet business 1» tarif rejasida tezlik 3 Mbit/s.gacha oshiriladi, avval bu ko‘rsatkich 2 Mbit/s.ni tashkil etar edi. «Teznet business 2»da esa 4 Mbit/s.dan 6 Mbit/s.gacha va «Teznet business 7»da esa tezlik 40 Mbit/s.dan 50 Mbit/s.gacha oshiriladi.
«O‘zbektelekom» AK taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini oshirish va ularning narxini pasaytirish bo‘yicha muntazam ravishda ish olib bormoqda, deyiladi kompaniya xabarida.
Eslatib o‘tamiz, «O‘zbektelekom» avvalroq jismoniy shaxslar uchun UNLIM seriyasining ayrim tarif rejalarida tezlikni oshirgan hamda yuqori tezlikdagi internetini 22 foizga arzonlashtirgandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi