19:41 / 30.08.2019
3 318

Xakerlar yillar davomida iPhone egalarining yozishmalarini o‘qishgani ma’lum bo‘ldi

Xakerlar yillar davomida iPhone egalarining yozishmalarini o‘qishgani ma’lum bo‘ldi
Google tarkibiga kiruvchi Project Zero jamoasi mutaxassislari xakerlar 30 oy davomida iPhone qurilmalariga zararli dasturlar o‘rnatib kelishganini aniqladi. Bu haqda The Guardian'ga asoslanib Kun.uz xabar berdi.

Ekspertlarning bildirishicha, har haftada minglab foydalanuvchilar xakerlar qurboniga aylangan. Mutaxassislar xakerlar faoliyatiga shu yilning yanvarida chek qo‘yishgan.

Ma’lum qilinishicha, xakerlar smartfonlarni bir nechta sayt yordamida zararlashgan. iPhone egalari ma’lum bir saytga kirishlari bilan ularning smartfoniga zararli dastur o‘rnashib olgan.

Dastur yordamida xakerlar iPhone paroli, WhatsApp, Telegram va iMessage kabi yozishmalarni qo‘lga kiritishgan. Bundan tashqari, ular smartfondagi telefonlar raqamlari va Gmail pochtasi ma’lumotlarini ham olishgan.

Iyulda har qanday iPhone qurilmasini oddiy xabar yordamida buzib kirish yo‘li ma’lum qilingandi. Buning uchun foydalanuvchi smartfoniga kelgan SMS xabarni ochishi kifoya qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Xakerlar yillar davomida iPhone egalarining yozishmalarini o‘qishgani ma’lum bo‘ldi