13:27 / 04.10.2019
3 030

Smartfonlar endilikda suratlar bo‘yicha ko‘z kasalliklarini aniqlay oladi

Smartfonlar endilikda suratlar bo‘yicha ko‘z kasalliklarini aniqlay oladi
Foto: Emma Kim via Getty Images
Olimlar smartfonlarni ko‘z kasalliklarini ko‘z shifokori - oftalmologga murojaat qilgungacha aniqlay oladigan qildilar. Bu haqda Engadget portaliga tayanib Kun.uz xabar berdi.

Ko‘z kasalligi bor-yo‘qligini Cradle (Computer Assisted Detector of Leukoria) mobil dasturi yordamida tekshirish mumkin. Dasturni iOS va Android operatsion tizimlarida ishlovchi smartfonlarga yuklab olish mumkin. Dastur kataraktadan boshlab retinoblastomagacha bo‘lgan ko‘z kasalliklarini aniqlash uchun smartfon kamerasidan foydalanadi.

Dastur har qanday yoshdagi odamda ko‘z kasalligini aniqlay oladi, biroq u ko‘proq bolalar uchun asqatadi, chunki ular sog‘liqlarida muammolarga duch kelganlarini anglamaydilar.

Dasturchilar dasturni ko‘z kasalligini aniqlashga 40 bolaning 53 ming suratida o‘rgatishdi. Bu bolalardan yarmi ko‘z kasalliklaridan aziyat chekkan. Dastur 16 bolada ularning ko‘z shifokoriga murojaat qilishidan o‘rtacha 1,3 yil avval ko‘z kasalligi borligini aniqlay olgan bo‘lsa-da, dasturchilar Cradle oftalmolog huzurida malakaviy ko‘rikdan o‘tishning o‘rnini bosa olmasligini va faqatgina ehtimoliy muammolardan ogohlantirishda asqatishini ta’kidlab o‘tganlar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Smartfonlar endilikda suratlar bo‘yicha ko‘z kasalliklarini aniqlay oladi