4 836
O‘zbekistonda 29 millionga yaqin mobil qurilma ro‘yxatga olindi. Endi ular kuzatiladimi?
2019 yilning 1 aprelidan 1 noyabrga qadar qariyb 29 mln mobil qurilma UZIMEI tizimida ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari Qahramon Yo‘ldoshevga asoslanib, Kun.uz nashri xabar bermoqda.
Vazir o‘rinbosari, shuningdek, mobil qurilmalar IMEI kodlarining ro‘yxatga olinishi bilan foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlari yig‘ilib, telefonlar kuzatilishi haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan gap-so‘zlarga ham izoh berdi.
Yo‘ldoshevning so‘zlariga ko‘ra, yangi tizimni joriy qilish jarayonida vazirlik Davlat bojxona qo‘mitasi va Ichki ishlar vazirligi bilan UZIMEI tizimidan hamkorlikda foydalanish bo‘yicha idoralararo bitim tuzgan.
«Qaysi holatda fuqaroga nisbatan ma’lumot kerak bo‘lganda, tizimning funksiyalaridan foydalanish tartiblari bitimda ko‘rsatilgan. Ya’ni operator o‘zi mustaqil ravishda biror bir fuqaroga tegishli bo‘lgan shaxsiy ma’lumotlarni uchinchi shaxsga berishga haqqi bo‘lmaydi. Faqatgina Ichki ishlar vazirligining bitim doirasidagi, ya’ni reglament doirasidagi tartiblar bo‘yicha ma’lumotlar almashinuvi yo‘lga qo‘yiladi», – dedi Qahramon Yo‘ldoshev dushanba kuni matbuot anjumanida.
Eslatib o‘tamiz, IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazishning birinchi bosqichida – 1 apreldan 1 noyabrgacha bo‘lgan davrda faol SIM-kartasi bo‘lgan barcha mobil qurilmalar avtomatik UZIMEI tizimiga kiritildi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi