Robototexnika yaratadigan xorijiy kompaniya "robotga yuzini berishni" istaganlarga taklif qiladi va buning evaziga 125 ming dollar to‘lashga
tayyor. Bunday nomaqbul reklama Geomiq platformasida paydo bo‘ldi, deb yozadi kyky.org.
E’londa ta’kidlanishicha, kompaniyaga robotning yuziga aylanadigan "do‘stona" kishi kerak. Barcha tashkilotchilar ma’qullagandan so‘ng, ko‘ngillining yuzi dunyo bo‘ylab robotlarning minglab versiyalari yuziga aylanadi.
“Biz bilamizki, bu eng ko‘p uchraydigan talab emas va litsenziyani shaxsga topshirish jiddiy qaror. Shuning uchun biz kerakli odamni topish uchun ommaviy chaqiriq qilamiz. Dizaynerlar bu katta narsa ekanligini tushunishadi va katta pul to‘lashga rozi bo‘lishadi ", deyiladi blogda.
Qayd etilishicha, kelasi yildan chiqarila boshlanadigan robotlar ommaga taqdim etiladi. Loyiha bo‘yicha ishlar besh yildan beri davom etmoqda.
Loyihada ishtirok etishni istaganlar fotosuratlarini [email protected] manziliga yuborishlari mumkin. Xabar berishlaricha, tanlovdan o‘tganlar ushbu loyiha haqida barcha ma’lumotlarni olishadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi