11:45 / 18.11.2019
3 811

Xitoyda yil smartfoni ma’lum qilindi

Xitoyda yil smartfoni ma’lum qilindi
Foto: China Mobile
Xitoyning China Mobile mobil aloqa operatori o‘zining har yillik “Intellektual qurilmalar sifati haqida hisobot”ini e’lon qildi. Ushbu hisobotda yilning eng yaxshi smartfonlari ham e’lon qilingan. Ta’kidlanishicha, ko‘pchilik ko‘rsatkichlarga ko‘ra Huawei Mate 30 qatori smartfonlari yetakchilik qilgan.

Huawei Mate 30 Pro 5G smartfoni 5G tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlovchi eng yaxshi mobil telefon uchun mukofot olgan. Bundan tashqari, qurilma o‘yin o‘ynash imkoniyatlari uchun ham 5 ball olgan. Huawei Mate 30 Pro esa video sifati va uni tahrirlash imkoniyatlari uchun eng yuqori ball olgan.

China Mobile’da ta’kidlanishicha, Mate 30 qatorining muvaffaqiyati Huawei Kirin 990 chipi, barqaror aloqa uchun yaxshilangan antennalar, kam elektr iste’moli va issiqlikni yaxshi tarqatishi bilan bog‘langan.

Huawei Mate 30 Pro 5G smartfoni iPhone 11 Pro Max, Oppo Reno Ace va boshqa raqobatchi modellardan ustunroq bo‘lgan.

Shuningdek, Huawei Mate 30 Pro smartfoni 430 dollardan qimmatroq smartfonlar o‘rtasida 5 ball olgan. China Mobile Conference hakamlari ushbu telefonni 2019 yilning eng yaxshi smartfoni deb tan olishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Xitoyda yil smartfoni ma’lum qilindi