PayPal to‘lov xizmati chegirmalar, kuponlar va internetda narxlarni taqqoslash bo‘yicha xizmatlar taqdim qiluvchi Honey onlayn-xizmatini 4 mlrd dollarga sotib olganini e’lon qildi.
PayPal’ning ta’kidlashicha, uning keng rivojlangan to‘lov tarmog‘i va Honey’ning ommabop xizmatlari birgalikda internet-do‘konlar savdosi hajmini oshiradi, bu esa ham iste’molchilarga, ham ikki kompaniyaga ham foydali bo‘ladi. Honey xizmatining oylik auditoriyasi 17 mlnga yaqin kishini tashkil qiladi, u 30 mingta internet- riteyler, tovarlar va yeguliklar yetkazuvchi xizmatlar bilan hamkorlik qiladi. Ta’kidlanishicha, xizmat 2018 yilning o‘zida odamlarga jami 1 mlrd dollarlik chegirma olishga imkon bergan.
Ushbu xarid o‘z to‘lov xizmatlarini faol rivojlantirayotgan Google, Amazon, Facebook va Apple kabi kompaniyalar bilan raqobatlashishga majbur bo‘layotgan PayPal tarixidagi eng yirik xarid bo‘ldi. Avval PayPal xizmati eBay internet-savdo maydonchasiga ega bo‘lgan. Biroq 2015 yilda eBay aksiyadorlari bosimi ostida to‘lov xizmati alohida kompaniya qilib ajratib chiqarilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Xose Venansio Lopes: "Maqsadimiz – Osiyo chempionligini qo‘lga kiritish"