23:15 / 04.12.2019
6 084

Londonning ikki qavatli avtobuslariga nechi kishi chiqsa bo'ladi?

Londonning ikki qavatli avtobuslariga nechi kishi chiqsa bo'ladi?
Londonning ikki qavatli avtobuslari shaharning milliy koʻrki hisoblanadi. Asosiy kirish eshigi old tarafda boʻlib, avtobusga terminallar oʻrnatilgan. Terminallar oʻrnatilganligi konduktorlarning ishini yengillashtiradi hamda avtobus harakatlanayotganda yoʻlovchilarning tinchi buzilishining oldini oladi. Avtobus haydovchisining xonasi alohida qilib ajratilgan.

London sayyohlar makoni boʻlgani bois sayyohlar ushbu avtobuslarning ikkinchi qavatida oʻtirib, shaharni sayohat qilishni yaxshi koʻrishadi. Ikki qavatli avtobuslar Buyuk Britaniyada, Yevropa, Osiyoda va Yevropaning koʻplab qismlarida ommaviy transport vositasi sifatida ishlatiladi.

Dastlabki ikki qavatli omnibuslar Angliyada 1847-yilda Adams & Co. of Fairfiyeld korxonasi mutaxassisi Bou tomonidan ishlab chiqilgan va undan keyin Jon Greenvud tomonidan takomillashtirilgan. Bunday turdagi ikki qavatli avtobuslarning uzunligi 18,65 metr; kengligi 2,9 metr; balandligi 4,95 metr; massasi 80 000 kilogramm. Ularning yoʻlovchi sigʻimlari esa 80-85 kishidan iborat.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Londonning ikki qavatli avtobuslariga nechi kishi chiqsa bo'ladi?