08:01 / 08.12.2019
7 793

Eskalatorni kim ixtiro qilgan?

Eskalatorni kim ixtiro qilgan?
Savdo majmualari hamda turli xil metro bekatlarida yurganingizda deyarli har kuni eskalator, ya’ni o‘zyurar zinapoyalardan foydalanasiz. Aslida, ushbu siz kundalik foydalanuvchi eskalator juda qimmat, lekin shu bilan birga oddiy mashina ekanini bilasizmi?

Natan Ames 1859 yilda birinchi «eskalator», ya’ni «aylanma zinapoyalar» g‘oyasi bilan chiqib, bu uchun patent ochdi. Biroq, u hech qachon o‘z konsepsiyasining ishchi modelini yarata olmagan.

Oradan o‘ttiz yil o‘tgach, Leamon Souder eskalatorga o‘xshash qurilmalar uchun to‘rtta alohida g‘oyalarini patentladi. Biroq u ham Ames kabi o‘z orzularini ro‘yobga chiqara olmadi. Nihoyat, 1892 yilda Jessi V. Reno «to‘xtovsiz konveyer» g‘oyasi uchun o‘z patentiga ega bo‘ldi.

U shuningdek, birinchi ishlaydigan eskalatorni ishlab chiqdi - uni «qayishuvchan lift» deb nomladi hamda uni 1896 yilda Nyu-York shahrida joylashgan Koney orolidagi Eski temir iskala bo‘ylab o‘rnatdi.

Charlz Siberger ismli shaxs o‘zining ushbu g‘oya bo‘yicha o‘z patentlarini ochgan va o‘zidan oldingi mexanik Vhelerning ba’zi g‘oyalari 1899 yilda Otis Elevator kompaniyasi tomonidan qurilgan Sibergerning prototip eskalatorida ishlatilgan. Siberger 1900 yilda «eskalator» degan nomni taklif qilgan. U bu so‘zni lotinchadagi «scala», «e» va «tor» so‘zlaridan birlashtirib yasadi va ushbu so‘z «olib o‘tib qo‘yish vositasi» degan ma’noni beradi.

Dunyodagi eng mashhur eskalator tizimlaridan biri Gonkongdagi Central-Mid-Levels eskalator tizimidir. Bu dunyodagi eng uzun tashqi eskalator tizimi bo‘lib, umumiy uzunligi 792 metrni tashkil etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Eskalatorni kim ixtiro qilgan?