22:43 / 17.12.2019
3 523

O‘zbekiston internet tezligi reytingida 11 pog‘onaga yuqoriladi

O‘zbekiston internet tezligi reytingida 11 pog‘onaga yuqoriladi
Irlandiyaning Ookla kompaniyasi 2019 yil noyabr oyi natijalariga ko‘ra Speedtest Global Index oylik reytingi natijalarini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston simli internet tezligi rektingida keskin yuqorilab, 11 pog‘onaga ko‘tarildi va dunyoning 180 mamlakati o‘rtasida 108-o‘rinni band etdi. Bu yil davomidagi eng katta o‘sishdir.

So‘nggi bir yil ichida O‘zbekistonda simli internet tezligi 2018 yil noyabridagi 9,98 Mbit/s.dan 2019 yil noyabr oyida 21,47 Mbit/s.gacha (yuklab olish), ya’ni ikki baravarga oshgan.

Mobil internet tezligi bo‘yicha O‘zbekiston oktabr oyidagi ko‘rsatkichga nisbatan bir oz yaxshilanib, bitta pog‘onaga ko‘tarilgan va 135-o‘rinni band etgan.

Speedtest ulanish tezligini tekshirish uchun xizmatdan foydalanuvchilar tomonidan qayd qilingan ma’lumotlar asosida internet tezligini hisoblaydi va reyting tuzadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » O‘zbekiston internet tezligi reytingida 11 pog‘onaga yuqoriladi