2 820
Amazon to‘lovni karta o‘rniga qo‘l kafti orqali amalga oshirish imkoniyatini yo‘lga qo‘ymoqchi
Amazon kompaniyasi to‘lovni qo‘l kafti orqali amalga oshirish imkoniyatini beruvchi to‘lov terminallari yaratishni rejalashtirmoqda. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib The Wall Street Journal xabar berdi.
Manbalarning so‘zlariga ko‘ra, Amazon yangi terminallarni qahvaxona, restoran va boshqa savdo nuqtalariga o‘rnatadi. Xabarda aytilishicha, terminaldan birinchi marta foydalanganda xaridor kafti terminal orqali skanerlanadi va u biometrik ma’lumotlarini bankdagi hisobraqamiga biriktiradi. Shundan so‘ng xarid uchun qo‘l kaftini tegizish orqali to‘lovni amalga oshirish mumkin bo‘ladi.
Nashr suhbatdoshlarining bildirishicha, kompaniya yaqinda «kontaktsiz biometrik identifikatsiya tizimi»ni patentlash uchun ariza bergan.
Terminallar orqali kiritiladigan ma’lumotlar Amazon bulutli ma’lumotlar bazasida saqlanadi.
Kompaniya tizimni sinovdan o‘tkazish uchun Visa bilan hamkorlikni boshladi, deb ma’lum qilgan manbalar. Bundan tashqari, kompaniya Mastercard bilan muzokara o‘tkazmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi