06:30 / 24.02.2020
5 007

Davlatlarning internet tezligi bo‘yicha reytingi e’lon qilindi

Davlatlarning internet tezligi bo‘yicha reytingi e’lon qilindi
Foto: Kim Komando Show
Davlatlarning internet tezligi bo‘yicha reytingi e’lon qilindi. WebsiteToolTester kompaniyasi tuzgan reytingga ko‘ra, eng tezkor internetga Tayvan, Singapur, Jersi oroli (La-Mansh bo‘g‘ozidagi orol), Shvetsiya va Daniya ega.

Reyting yetakchisi Tayvanda internet tezligi 2017-2019 yillar ichida 147 foizga oshgan. Shuningdek, ushbu davlatda internet orqali 5 gigabaytlik kinoni 8 daqiqa 2 soniyada ko‘chirib olish mumkin, o‘rtacha internet tezligi 85 Mbit /soniyani tashkil qiladi.

Shuningdek, yetakchi yigirmatalikka Yaponiya, Luksemburg, Niderlandiya, Shveysariya, Norvegiya, Andorra, Ispaniya, Belgiya, AQSH, Latviya, Yangi Zelandiya, Estoniya, Honkong, Vengriya va Litva kirgan.

Ta’kidlash joiz, O‘zbekiston 207 davlat ichida 181-o‘rinni egallagan. O‘zbekistonda internet tezligi bir yil ichida 33,8 foizga, 2 yil ichida 80 foizga oshgan. Davlatimizda internet orqali 5 Gblik kinoni o‘rtacha 8 soat 18 daqiqada ko‘chirib olish mumkin, o‘rtacha internet tezligi 1,37 Mbit/soniyani tashkil qiladi.

Shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlari ichida Qozog‘iston 113-o‘rinni, Qirg‘iziston 155-o‘rinni, Tojikiston 192-o‘rinni, Turkmaniston 203-o‘rinni egallagan.
Internet tezligi eng past davlatlar qatoridan Ekvotarial Gvineya, Sharqiy Timor va Yaman joy olgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Davlatlarning internet tezligi bo‘yicha reytingi e’lon qilindi