20:43 / 24.02.2020
3 011

Apple to‘liq oyna bilan qoplangan qurilmani patentladi

Apple to‘liq oyna bilan qoplangan qurilmani patentladi
Amerikaning Apple shirkati butunlay oyna bilan qoplangan qurilmaga patent oldi. Bu safar kompaniya muhandislari smartfonni to‘liq oyna bilan qoplashni taklif qildi.
Ko‘rinishidan u bir parcha shishaga ham o‘xshab ketadi, lekin aslida bu gadjet bir nechta qismlarning birlashmasi bo‘lishi ham mumkin.

Patent hujjatlaridagi rasmlarga qaraganda, ushbu iPhoneʼda na biror tugmacha, na biror port ko‘zga tashlanmaydi. Uning korpusi yaxlit ekrandan iborat – ham old va orqa panellarni, ham yon qirralarni shu displey qoplab olgan. Apple bunday qurilma uchun o‘z operatsion tizimining yangicha versiyasini ham tayyorlayapti.

Asosiy interfeys gadjetning old yuzasiga chiqariladi, lekin shu bilan birga yon qirralar va orqa tomoni ham qo‘llanishi mumkin. Shuning evaziga foydalanuvchi ekrandagi belgichalarni yonga surib varaqlaganida, ular qo‘shni yuzalarga o‘tib ketadi. Interfeysning o‘zi qurilmaning atrofini halqadek o‘rab olib, yopiq aylana hosil qiladi”, – deyiladi patent hujjatlarida.

Smartfonning old va orqa panellari bo‘lmagani uchun, foydalanuvchi uni qaysi tomonidan ushlab turganini gadjet o‘zi aniqlaydi va kerakli yuzaga bosh sahifani chiqaradi.

"Shisha qoplamali elektron moslama" uchun patent "vizual va muammosiz ko‘rinishi" mumkin bo‘lgan oynaga ishlov berishni ta’minlaydi.

Bunday qurilmaning dizayni yon va orqa tomonlarda qo‘shimcha ekranlar bo‘lishini talab qiladi. Ya’ni Apple hamma tomoni shishali ayfonni emas, balki istalgan tarafidan teginib ishlatsa bo‘ladigan sensorli iPhone bo‘ladi.

Biroq mazkur iPhoneʼning qachon taqdim etilishi haqida gap-so‘z yo‘q; ehtimol, u amalga oshirilmagan loyiha sifatida, shunchaki patent hujjatlarida qolib ham ketar.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Apple to‘liq oyna bilan qoplangan qurilmani patentladi