18:28 / 03.03.2020
5 708

Fevral oyining eng yaxshi smartfonlari (foto, video)

Fevral oyining eng yaxshi smartfonlari (foto, video)
Samsung Galaxy S20 Ultra 5G
Displey: Dynamic AMOLED, 6,9 dyuym, 3 200×1 440 piksel.
Protsessor: Exynos 990.
Kamera: asosiy — 108 Mp (bosh) + 48 Mp (teleob’ektiv) + 12 Mp (ultra keng burchakli) + 0,3 Mp (chuqurlik skaner); frontal — 40 Mp.
Xotira: 12/16 GB tezkor, 128/256/512 GB ichki, microSD karta uchun tirqich.
Akkumulator: 5 000 mA·s.
Tizim: Android 10.0 (One UI 2).

Foto: Samsung
Samsung kompaniyasi taqdim etgan Galaxy S20 Ultra yetakchi smartfoni qoyilmaqom kameralar to‘plami bilan ajralib turadi, ular orasida 10 marta optik va 100 marta raqamli kattalashtiradigan televik bor; suriladigan selfi‑kamera — 40 Mp.

Boshqa afzalliklari — Exynos 990 maxsus protsessori, IP68 standartlariga mos keluvchi namdan himoya, AKG stereodinamikasi va 120 Gs chastotali yangilanishni qo‘llab-quvvatlaydigan yangi QHD‑ekrani.

Galaxy S20 Ultra 5G’dan tashqari Galaxy S20 va Galaxy S20+ talqinlari ham mavjud. Ulardagi ichki tuzilma deyarli farq qilmaydi, ammo kameralari soddaroq.

Foto: Samsung
Uskuna uchun buyurtma berish imkoniyati allaqachon taqdim qilingan. Samsung Galaxy S20 Ultra 5G uchun 1 500 AQSH dollari atrofida narx belgilangan.

Realme X50 Pro 5G
Displey: Super AMOLED, 6,44 dyuym, 2 400×1 080 piksel.
Protsessor: Snapdragon 865.
Kamera: asosiy — 64 Mp (bosh) + 12 Mp (teleob’ektiv) + 8 Mp (ultra keng burchakli) + 2 Mp (chuqurlik datchigi); frontal — 32 Mp (bosh) + 8 Mp (ultra keng burchakli).
Xotira: 6/8/12 GB tezkor, 128/256 GB ichki.
Akkumulator: 4 200 mA·s.
Tizim: Android 10.0 (realme UI 1.0).

Foto: Realme
Realme flagmani 90 Gs yangilanish chastotasi va barmoq izlari skaneriga ega Super AMOLED ekran bilan jihozlangan. Ikkilangan selfi‑kamera burchakka joylashtirilgan. Stereodinamika, shuningdek, Dolby Atmos va Hi‑Res Audio funksiyalari mavjud.

Uskuna akkumulatori 65 Vt quvvatga ega SuperDart tezkor quvvatlanish tizimini qo‘llab-quvvatlaydi va 35 daqiqa ichida «to‘ladi».

Foto: Realme
Smartfonning 6/128 GB’li talqini 510 AQSH dollari narxida belgilangan bo‘lsa, 12/256 GB xotirali yetakchi variantni sotib olishda taxminan 605 AQSH dollari talab etiladi.

Honor View30 Pro
Displey: IPS LCD, 6,57 dyuym, 2 400×1 080 piksel.
Protsessor: Kirin 990 5G.
Kamera: asosiy — 40 Mp (bosh) + 8 Mp (teleob’ektiv) + 12 Mp (ultra keng burchakli); frontal — 32 Mp (bosh) + 8 Mp (ultra keng burchakli).
Xotira: 8 GB tezkor, 128/256 GB ichki.
Akkumulator: 4 100 mA·s.
Tizim: Android 10.0 (Magic UI 3).

Foto: Huawei
Huawei kompaniyasining yangi flagmani ajoyib kamera bilan ta’minlangan. Matrix Camera deb nomlangan fotomodul 40 Mp, 8 Mp va 12 Mp’li uchta datchikdan tashkil topgan. U Google xizmatlaridan mahrum bo‘lgan Honor V30 Pro smartfonining xalqaro talqinidir.

Barmoq izlari skaneri uskunaning yon tomoniga joylashtirilgan. Tezkor va simsiz quvvat olish imkoniyatlari mavjud.

Foto: Huawei
Smartfon narxi — 555 AQSH dollari.

Xiaomi Redmi 8A Dual
Displey: IPS LCD, 6,22 dyuym, 1 520×720 piksel.
Protsessor: Snapdragon 439.
Kamera: asosiy — 13 Mp (bosh) + 2 Mp (chuqurlik skaneri); frontal — 8 Mp.
Xotira: 2/3 GB tezkor, 32 GB ichki, microSD karta uchun tirqich.
Akkumulator: 5 000 mA·s.
Tizim: Android 9.0 (MIUI 11).

Foto: Xiaomi
Xiaomi gadjeti o‘zining past narxi, yuqori avtonomligi va boshqa uskunalarni quvvatlay olishi bilan ajralib turadi. Shunaqangi smartfon‑pauerbank! U uchqundan himoyalovchi maxsus P2i nanoqoplamga ega.

Ichki tuzilma budjet sinfiga oid — Snapdragon 439, 2 yoki 3 GB operativ va 32 GB ichki xotira. NFC‑moduli taqdim etilmagan bo‘lsa-da, VoWiFi’ni (Wi‑Fi orqali qo‘ng‘iroq qilish) qo‘llab-quvvatlaydi.

Taxminiy bahosi — 87 dollar.

Moto G8 Power
Displey: IPS LCD, 6,4 dyuym, 2 300×1 080 piksel.
Protsessor: Snapdragon 665.
Kamera:asosiy — 16 Mp (bosh) + 8 Mp (teleob’ektiv) + 8 Mp (ultra keng burchakli) + 2 Mp (ajratilgan makrokamera); frontal — 16 Mp.
Xotira: 4 GB tezkor, 64 GB ichki, microSD karta uchun tirqich.
Akkumulator: 5 000 mA·s.
Tizim: Android 10.0.

Foto: Motorola
Motorola kompaniyasidan to‘rt modulli kamera, uch kungacha avtonomlik va tezvor quvvat olishni ta’minlaydigan 5 000 mA·s hajmdagi akkumulatorga ega o‘rta sinf smartfoni.

Old kamera o‘ng tomondagi kichik kesimdan o‘rin olgan. Ichki tuzilma — Snapdragon 665,4 GB operativ va microSD karta bilan kengaytirish mumkin bo‘lgan 64 GB ichki xotira.
[media=https://youtu.be/KmxrmHDMSHw]
Smartfon ikki xil rangda (ko‘k va qora) 249 AQSH dollari bahosida taqdim etiladi.

Huawei P40 Lite
Displey: LTPS IPS LCD, 6,4 dyuym, 2 310×1 080 piksel.
Protsessor: Kirin 810.
Kamera: asosiy — 48 Mp (bosh) + 8 Mp (ultra keng burchakli) + 2 Mp (ajratilgan makrokamera) + 2 Mp (chuqurlik datchigi); frontal — 16 Mp.
Xotira: 8 GB tezkor, 128 GB ichki, Nano Memory karta uchun tirqich.
Akkumulator: 4 200 mA·s.
Tizim: Android 10.0 (EMUI 10).

Foto: Huawei
Ushbu smartfon avvalroq taqdim etilgan Nova 6 SE’ning xalqaro versiyasidir. U FHD+ imkoniyatga ega katta hajmdagi IPS‑displey bilan ta’minlangan, ekranning yon tomonidagi tirqichda 16 megapikselli frontal kamera joylashtirilgan.

Uskuna USB‑C porti orqali 40 Vt tezkor quvvatlanish xususiyatiga va quloqchinlar uchun tirqichga ega.
Smartfon Google xizmatlarisiz EMUI 10 niqobi ostidagi Android 10 tizimi boshqaruvida ishlaydi. Google Play o‘rnini AppGallery do‘koni egallagan.

Foto: Huawei
P40 Lite narxi — 300 yevro.

V60 ThinQ 5G
Displey: P‑OLED Plus, 6,8 dyuym, 2 460×1 080 piksel.
Protsessor: Snapdragon 865.
Kamera: asosiy — 64 Mp (bosh) + 13 Mp (ultra keng burchakli) + 0,3 Mp (chuqurlik datchigi); frontal — 10 Mp.
Xotira: 8 GB tezkor, 128 GB ichki, microSD karta uchun tirqich.
Akkumulator: 5 000 mA·s.
Tizim: Android 10.0.

Foto: LG
LG’ning V flagman seriyasidagi yangi smartfoni ikkilangan, uning ekranlari xuddi kitob singari bukiladi. Shu bilan birga, bu yerda hech qanday «bukiluvchi displey»ni uchratmaysiz, demakki gadjet Galaxy Fold’ga qaraganda ishonchliroq. Tashqi ekran USB‑C orqali mahkamlanadi — uni ajratib olish va V60 ThinQ 5G’ni odatiy smartfon holiga keltirish mumkin.

Uskuna kuchli ichki tuzilmasi (Snapdragon 865, 8 GB operativ va 128 GB ichki xotira), shuningdek suriluvchi kamerasi bilan farq qiladi. U IP68 va MIL‑STD 810G standartlari bo‘yicha chang, suv va tashqi shikastlanishlardan himoyalangan.

Foto: LG
V60 ThinQ 5G mart oyida sotuvga chiqadi. Narx hali ma’lum qilinmagan, ammo undan avvalgi LG G8X ThinQ smartfoni bir muncha kam bahoga ega bo‘lgan — 699 dollar.

Unihertz Atom XL
Displey: IPS, 4 dyuym, 1 136×640 piksel.
Protsessor: MediaTek Helio P60.
Kamera: asosiy — 48 Mp; frontal — 8 Mp.
Xotira: 6 GB tezkor, 128 GB ichki.
Akkumulator: 4 300 mA·s.
Tizim: Android 10.0.

Foto: Kickstarter
Faol hordiq ishqibozlari va turistlar ko‘nglidan joy oluvchi ommabop smartfon. Hozirgi hajm mezonlariga nisbatan kichikligiga qaramasdan, gadjet ishonchli MIL‑STD‑810G sinfi himoyasi va turli foydali instrumentlarga ega — bevosita to‘lovlar uchun NFC, IK‑porti, smartfonni Walkie‑Talkie turidagi ratsiyaga aylantiruvchi tashqi antenna.

Akkumulator uch kunlik avtonom faoliyat bilan ta’minlaydi. Uskuna barmoq izi skaneri bilan ta’minlangan.

Smartfon buyurtmasi uchun 239 dollar talab etiladi. Komplekt antenna va ratsiya xususiyati mavjud bo‘lmagan Atom L versiyasini 209 AQSH dollariga sotib olish mumkin.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Fevral oyining eng yaxshi smartfonlari (foto, video)