20:53 / 03.03.2020
3 863

Apple eski ayfon egalariga $500 mln to‘lab beradi

Apple eski ayfon egalariga $500 mln to‘lab beradi
iPhone’larning dasturiy ta’minoti yangilanishi tufayli qasddan ishlash tezligini pasaytirgani uchun AQSHning Apple shirkati har bir ayfon uchun 25 dollardan to‘lab beradi deb yozmoqda The Wall Street Journal.

Ushbu dasturiy ta’minot yangilanishi eski iPhone modellari batareykalari ishlab chiqarish vaqtiga to‘g‘ri proporsional, ya’ni batareyka qancha eski bo‘lsa, yangilangan qurilma shuncha sekin ishlaydi.

iPhone 6, 6 Plus, 6s, 6s Plus, 7, 7Plus hamda SE qurilmalari iOS’ning 10.2.1 va undan yuqori versiyalarida yangilangach, sekin ishlashni boshlaydi.

2012 yilda ham shunga o‘xshash voqea sodir bo‘lgan edi: Apple antenna dizayni tufayli iPhone 4da davriy aloqani yo‘qotgani uchun 15 dollardan to‘lagan va ayfon egalariga bepul qoplagich (chexol)larni taqdim qilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Apple eski ayfon egalariga $500 mln to‘lab beradi