22:45 / 09.03.2020
4 365

O‘zbekiston va Ozarbayjon hamkorlikda avtomobil va avtobuslar yig‘ishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston va Ozarbayjon hamkorlikda avtomobil va avtobuslar yig‘ishni rejalashtirmoqda
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9 mart, dushanba kuni, Rossiya va Ozarbayjon bilan ikki tomonlama investitsiyaviy va savdo-iqtisodiy hamkorlikning joriy holati va rivojlanish istiqbollari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, keyingi yillarda Ozarbayjon bilan o‘zaro savdo va investitsiya ko‘rsatkichlari muttasil ortib bormoqda. Xususan, 2019 yil yakunlariga ko‘ra, Ozarbayjon bilan ikki tomonlama savdo hajmi esa 55,7 foizga oshdi.

Investitsiyaviy hamkorlik mustahkamlanmoqda. Bugungi kunda O‘zbekistonda Ozarbayjon kapitali ishtirokida tashkil etilgan 178 ta korxona faoliyat yuritmoqda.

Yig‘ilishda ushbu mamlakat bilan qo‘shma loyihalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish hamda investitsiya, savdo va transport-logistika sohalaridagi ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha yangi takliflar ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratildi.

Ozarbayjonlik hamkorlar bilan sanoat kooperatsiyasini yo‘lga qo‘yish doirasida umumiy qiymati 355 million dollardan ziyod loyihalar ishlab chiqilayotgani ta’kidlandi. Jumladan, yengil avtomobil va avtobuslar yig‘ishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda. Neft-gaz sohasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik kengaymoqda.

Ushbu tadbirlarni mazmunan boyitish zarurligi alohida qayd etildi, ishni samarali tashkil qilish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi.

Ma’lum qilinishicha, 16—17 mart kunlari O‘zbekiston Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasi o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiya yig‘ilishini o‘tkazish mo‘ljallangan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiya va Ozarbayjonning yetakchi kompaniya va tashkilotlari bilan savdo va investitsiyaviy hamkorlikni faollashtirish, sheriklikning yangi yo‘nalishlarini ishlab chiqish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Ozarbayjon bilan agrar sanoat, uzumchilik va vinochilik, zargarlik, neft va gaz, transport va logistika, ta’lim sohalarida qo‘shimcha yangi loyihalarni ishlab chiqish topshirildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » O‘zbekiston va Ozarbayjon hamkorlikda avtomobil va avtobuslar yig‘ishni rejalashtirmoqda