06:00 / 18.03.2020
4 567

Smartfon ekrani blokirovkasi uchun eng xavfli kodlar 20 taligi

Smartfon ekrani blokirovkasi uchun eng xavfli kodlar 20 taligi
Foto: iStock
Rur universiteti, Maks Plank nomidagi Xavfsizlik va maxfiylik instituti va Jorj Vashington universiteti mutaxassislari oltita raqamli PIN-kodlarning xavfsizlik darajasi to‘rt xonali sondan iborat kodlarga nisbatan pastroq ekanini aniqladi, deb xabar bermoqda Spot.

To‘rt xonali kodlar 10 mingta, oltita raqamli kodlar esa 1 million kombinatsiyani tashkil etsa-da, aksariyat foydalanuvchilar buzib o‘tish oson bo‘lgan oddiy, sodda raqamli kombinatsiyalardan foydalanadi.

«Odamlar oltita raqamli PIN-kodning xavfsizlik darajasini pasaytirib qo‘yayotganliklarini, aftidan, o‘zlari ham tushunishmayapti», — deydi tadqiqotchi Markus Dyurmut.

Tadqiqotchilarning qayd etishicha, to‘rt va olti raqamli kodlarning xavfsizlik darajasi parollarnikidan ko‘ra past bo‘lsa-da, ular grafik kalitdan ko‘ra yaxshiroq himoya qiladi.
Quyida, uzunligidan qat’i nazar, smartfonga qo‘yilmasligi kerak bo‘lgan PIN-kod kombinatsiyalari keltirilgan.

Xavfli to‘rtta raqamli PIN-kodlar:
1234
0000
2580
1111
5555
5683
0852
2222
1212
1998

Xavfli oltita raqamli PIN-kodlar:
123456
654321
111111
000000
123123
666666
121212
112233
789456
159753

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Smartfon ekrani blokirovkasi uchun eng xavfli kodlar 20 taligi