10:50 / 20.03.2020
11 329

Xitoyda koronavirusga qarshi samarali dori topildi

Xitoyda koronavirusga qarshi samarali dori topildi
Xitoy hukumati koronavirus bilan kasallanganlarni tezroq davolaydigan samarali dori topilgani haqida bayonot berdi. Bu haqda NHK saytiga tayanib Tarjumon.uz ma’lum qildi.

Biotexnologiyalarni rivojlantirish milliy markazi rahbari Chjan Sinminning so‘zlariga ko‘ra, «Avigan» nomi ostidagi dori Uxan va Shenchjen shaharlarida 320 nafar kasallanganlarda sinovdan o‘tkazilgan.

Koronavirus bilan kasallanganlar orasidan ushbu dorini qabul qilganlarda ikki kun ichida yuqori tana haroratini tushirishga muvaffaq bo‘lingan, vaholaki bu jarayon odatda to‘rt kundan ko‘proq vaqtni olar edi. Shuningdek, preparatni qabul qilmaganlar kabi olti kunda emas, balki o‘rtacha 4, 5 kun ichida yo‘taldan xalos bo‘lishlari aniqlandi. Bundan tashqari, tadqiqot bemorlarning 91 foizida o‘pka holati yaxshilanganligini ko‘rsatdi.

Ta’kidlanishicha, “Avigan” ochiq qarshi nojo‘ya ta’sirga ega emas. Uni qabul qilgan bemorlar besh kun ichida koronavirusdan davo topishgan. Dori-darmonlarni qabul qilmagan odamlar esa o‘rtacha 11 kunda tuzalib ketishdi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 212 mingdan oshdi. Shu bilan birga, 84,200 kishi tuzalishga muvaffaq bo‘lishdi va 8835 kishi vafot etdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Xitoyda koronavirusga qarshi samarali dori topildi