00:44 / 03.04.2020
3 213

Amerikada noyob limuzin-samolyot auksionga qo‘yildi (foto, video)

Amerikada noyob limuzin-samolyot auksionga qo‘yildi (foto, video)
Foto: Mecum Auctions
Mecum Auctions auksion uyi o‘z turida yagona bo‘lgan — avtomobil g‘ildiraklariga ega V8 benzin dvigatelli Limo-Jet’ni kimoshdi savdosiga qo‘ydi. Mazkur mashina uchmaydi, biroq uning egasi ko‘chalar bo‘ylab bemalol harakatlanishi mumkin.

13 metrli avtomobilni samolyot ko‘rinishiga keltirish uchun 12 yil vaqt sarflangan. Mashinaga 400 ot kuchiga ega 8,1 litrli GM motori hamda 28 dyuymli g‘ildiraklar o‘rnatilgan. Salon ichidan 42 dyuymli display, charm o‘rindiqlar, 17 kilovattli akustik tizim o‘rin olgan. Yo‘lovchilarni chiqarish va tushirish yig‘ma trap yordamida amalga oshiriladi.

Foto: Mecum Auctions
Limuzin-samolyot jamlanmasiga uni tashishga mo‘ljallagan tirkamali Chevrolet 2500 HD pikapi ham qo‘shib beriladi. Umuman olganda Limo-Jet yo‘llarda bemalol harakatlana oladi — u kerakli barcha hujjat va sertifikatlarga ega.

Foto: Mecum Auctions
Hozirda limuzin Frenk De Anjelo va Mixail Kashevatskiy tomonidan asos solingan Jettersetter Inc. kompaniyasiga tegishli. 2020 yilda bo‘lib o‘tadigan savdolar vaqtida limuzinning boshlang‘ich narxi 5 million dollarni tashkil etadi.


Foto: Mecum Auctions

Foto: Mecum Auctions

Foto: Mecum Auctions

Foto: Mecum Auctions

Foto: Mecum Auctions

Foto: Mecum Auctions

Foto: Mecum Auctions

Foto: Mecum Auctions

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Amerikada noyob limuzin-samolyot auksionga qo‘yildi (foto, video)