06:29 / 05.04.2020
2 036

Google pandemiyada odamlarni kuzatish imkonini beradigan servisni ishga tushirdi

Google pandemiyada odamlarni kuzatish imkonini beradigan servisni ishga tushirdi
Foto: Reuters
Google kompaniyasi koronavirus pandemiyasi sharoitida odamlarni kuzatish imkonini beradigan sayt yaratdi. Bu haqda kompaniya blogida axborot berilgan.

COVID-19 Community Mobility Reports saytida Google servislaridan foydalanuvchilarning qayerda ekani haqida hisobotlar berib boriladi. Kompaniya o‘z siyosatiga sodiq qolishini, maxfiylikni kafolatlashi, shaxsga doir ma’lumotlarni oshkor etmasligi, jumladan, geojoylashuv yoki kontakt haqidagi axborotlarni sir tutishni o‘z zimmasiga olgan.

Google hisobotlari uchun anonim ma’lumotlar olinadi va asosan odamlar ko‘p to‘planadigan maskanlar, do‘konlar, jamoat joylari, dorixonalar, xiyobonlar, ish joylari va turar-joylardagi odamlar harakatini ko‘rsatadi. Kompaniya odamlarning harakatini butun dunyoda kuzatadi va bu orqali 131 mamlakatdagi holatni o‘rganish mumkin.

Kompaniya odamlar harakati tendensiyalari asosida ularning harakatlanishini kuzatadi. Ularning muayyan joydagi ommaviylik darajasi foizlarda aks etadi, biroq bu kishilar borgan absolyut joylar emas. Hisobotlarda bir necha hafta davomida to‘plangan ma’lumotlar, 48-27 soat oralig‘idagi eng yaxshi axborotlar ko‘rinadi.

Hozir Google Maps servisida koronavirusning dunyo bo‘ylab tarqalish nuqtalari joylashadi. O‘tgan haftada «Yandeks» shunday xaritani ishga tushirgan, unda koronavirus bilan kasallanganlar, tuzalgan va halok bo‘lganlar soni bilan ham tanishsa bo‘ladi. Bundan tashqari, kompaniya o‘z-o‘zini izolyatsiya qilganlar indeksini ham namoyish etadi. Ko‘rsatkich qancha yuqori bo‘lsa, uyda o‘tirganlar soni shuncha ko‘p bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Google pandemiyada odamlarni kuzatish imkonini beradigan servisni ishga tushirdi