10:52 / 05.04.2020
2 308

Xiaomi 40 dollardan arzonroq turuvchi «aqlli» kameralarni taqdim etdi

Xiaomi 40 dollardan arzonroq turuvchi «aqlli» kameralarni taqdim etdi
Foto: Gizmochina
Xiaomi bir juft yuqori tiniqlikka ega va hamyonbop Mi Smart PTZ qulay kameralarini taqdim etdi, deb yozadi Gizmochina.

Xiaomi tomonidan taqdim etilgan kameralar orasidan Mi Smart Camera PTZ va Mi Smart Camera PTZ Pro o‘rin olgan. Qurilmalarni ichki tarmoqqa ulab, ulardan uy uchun videokuzatuv kamerasi sifatida ham foydalansa bo‘ladi. Tasvirni ko‘rish masofadan turib amalga oshiriladi. Shuningdek, kameralar o‘z egasiga uyga kim kirganini ham xabar bera oladi.

Mi Smart Camera PTZ 3 megapikselli F/1.4 diafragmadan foydalanadi. Qurilma xira yoritilgan sharoitda ham tiniq tasvirga olish imkoniga ega. Bundan tashqari, kamerada 360 darajaga aylanib, 2K sifatli tasvirni olish «qobiliyati» bor.

Kameraning Pro-versiyasida Bluetooth hamda Wi-Fi orqali ulanish imkoniyati ham mavjud. Olingan surat tasvirlangan standart modifikatsiyadan deyarli farq qilmaydi.

Mi Smart Camera PTZ’ni 199 yuan (27 dollar) evaziga, PTZ Pro’ni esa 249 yuan (35 dollar)dan buyurtma qilish mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Xiaomi 40 dollardan arzonroq turuvchi «aqlli» kameralarni taqdim etdi