13:53 / 05.04.2020
2 765

O‘zbekistonlik ixtirochilardan taklif: arzon termometr va maxsus shlem

O‘zbekistonlik ixtirochilardan taklif: arzon termometr va maxsus shlem
Innovatsion rivojlanish vazirligining ma’lum qilishicha, yosh ixtirochi Bunyodbek Zaripov masofadan issiqlik haroratini o‘lchaydigan termometrning mahalliy prototipini yaratdi.

U 3D printerdan chiqarilgan bo‘lib, tana haroratini uzoqdan turib lazer yordamida o‘lchaydi. Hozirda ushbu vositaning prototipi ishlab chiqilmoqda va sinov ishlari olib borilmoqda.


Mazkur termometr xorijdan keltiriladigan tibbiy asbob-uskunalardan farqli o‘laroq ancha arzonligi bilan diqqatga sazovordir. Bu mahsulotimizning narxi taxminan 220 ming so‘m bo‘lishi mo‘ljallangan.

Yana bir ishlanma bu 3D printerdan chiqarilgan maxsus shlem. Hozir pandemiya paytida bu mahsulot juda talabgir, narxi 15-18 ming so‘m atrofida. Karantin davrida dorixona va supermarketlarda tarqatilsa, juda asqotadi. Bir martalik matoli niqoblardan farqli ravishda, undan undan ko‘p marotaba foydalanish mumkin”, – deyiladi vazirlik xabarida.

Karantin davrida aholi oziq-ovqat do‘konlari va dorixonalarga borib turishi tabiiy. Yosh innovatorlar do‘konlarga kirib chiqishda foydalanadigan individual eshik tutqichlarini ham ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishmoqda.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » O‘zbekistonlik ixtirochilardan taklif: arzon termometr va maxsus shlem