09:10 / 10.04.2020
2 997

Olimlarimiz ishlab chiqqan test tizimi koronavirusga chalingan bemorlarda sinovdan o‘tkazilmoqda

Olimlarimiz ishlab chiqqan test tizimi koronavirusga chalingan bemorlarda sinovdan o‘tkazilmoqda
Kadr: «O‘zbekiston 24»
O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazi xodimlari koronavirusni aniqlash uchun test tizimini ishlab chiqish ustida ish olib borayotgani haqida xabar berilgan edi. «O‘zbekiston 24» telekanalining xabar berishicha, ayni paytda mazkur mahalliy test tizimlarining klinik sinovlari davom etmoqda.

Ilg‘or texnologiyalar markazida test tizimidan tashqari tana haroratini masofadan o‘lchovchi termometr namunasi va tanani himoyalovchi 3D-shlemlar ishlab chiqilgan. Ta’kidlanishicha, hozirda markaz tomonidan Virusologiya ilmiy-tekshirish institutiga test tizimlarining navbatdagi partiyasini jo‘natishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Markaz direktori Shahlo Turdiqlovaning ma’lum qilishicha, test tizimlarining sezgirligi va aniqligini tekshirish maqsadida ular Virusologiya ilmiy-tekshirish institutida sog‘lom va kasallikka chalingan kishilarda sinovdan o‘tkazilmoqda. Sinovlar tugagach, test tizimlari ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

Turdiqulova xonimning alohida ta’kidlashicha, aprel oyining oxirigacha 50 mingta test tizimini ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Olimlarimiz ishlab chiqqan test tizimi koronavirusga chalingan bemorlarda sinovdan o‘tkazilmoqda