21:15 / 11.04.2020
2 446

Futbolchi koronavirusga qarshi kurashda yordam beruvchi maxsus respirator yaratdi (foto)

Futbolchi koronavirusga qarshi kurashda yordam beruvchi maxsus respirator yaratdi (foto)
Ispaniya Segundasida ishtirok etuvchi "Ibitsa" klubi himoyachisi Aleks Kintanilya sun’iy nafas beruvchi (IVL) apparat vazifasini bajaruvchi respirator ishlab chiqdi. Bu haqda "Marca" nashri xabar tarqatdi.
Futbolchi sanoat muhandisi va suyuqliklar bo‘yicha mutaxassis Kadisdagi shifoxona sobiq rahbari tomonidan ishlab chiqilgan respiratorni qayta ishladi.

"So‘nggi 19 kun ichida ish jarayoni juda qizg‘in bo‘ldi. Biz kuniga taxminan 12 soat vaqtimizni shunga sarfladik, ammo natijani ko‘rib, o‘zimni baxtiyor sezyapman. Biz oddiy respiratorni yangi texnologiyalar bilan takomillashtirdik", - dedi Kintanilya.

Qayd etish joiz, u ushbu qurilmani Bilbao, Nant, Madri va Galisiyadagi sheriklari orqali videokonferens aloqa yordamida yasashga erishdi.

"Barchasi shu yigitlarning yordami bilan amalga oshdi. Ushbu respirator COVID-19 bilan kasallangan odamning ehtiyojlari uchun juda mos keladi. Boisi, bu bemorning kasallikni yengib o‘tish ehtimolini oshiradi. Mazkur respirator odatdagidek shamollatmaydi, ammo o‘rtacha bosimni amalga oshirishga qodir bo‘lgani uchun yaxshiroq natijalar beradi. Bu qurilma sun’iy nafas beruvchi (IVL) apparatning prototipi sanaladi, biroq undan ancha arzonga tushadi.

Biz uni xomashyoga ketadigan narxda sotamiz. Bu yerda hech kim iqtisodiy foyda izlamayapti. Biz favqulodda vaziyatlarda odamlarga yordam berish uchun hamkorlik qilamiz
", - deya himoyachining so‘zlarini keltirib o‘tdi "Marca" nashri.

Ta’kidlanishicha, hozir shunga o‘xshash vazifani bajaradigan respiratorning narxi 20 ming yevroni tashkil etadi. Qahramonimiz taklif qilgan respirator esa bundan 10 marta (2 ming yevro) arzonroqdir.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Futbolchi koronavirusga qarshi kurashda yordam beruvchi maxsus respirator yaratdi (foto)