09:26 / 16.04.2020
3 519

Kanadalik olimlar koronavirus ko‘payishini bloklovchi preparatni topdi

Kanadalik olimlar koronavirus ko‘payishini bloklovchi preparatni topdi
Foto: Getty Images
Kanadaning Alberta universiteti olimlari COVID-19 koronavirusining ko‘payishini bloklovchi dori vositasini topdi. Tadqiqot natijalari Journal of Biological Chemisty ilmiy jurnali saytida e’lon qilindi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, gap Ebola bezgagini davolash uchun yaratilgan «Remdesivir» (RDV) dori vositasi haqida ketmoqda. Olimlarning ta’kidlashicha, mazkur dori RNK tuzilishi koronavirusnikiga o‘xshash Yaqin Sharq respirator sindromi (MERS) va SARS-CoV atipik pnevomiyasiga qarshi sinovdan o‘tkazilgan.

«Biz SARS-CoV, MERS-CoV hamda SARS-CoV-2’dan deyarli bir xil natijalarni oldik», — deyiladi tadqiqotda.

Virusologlarning so‘zlariga ko‘ra, «Remdesivir»ni COVID-19 kasalligini keltirib chiqaruvchi SARS-CoV-2 virusiga qarshi to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatuvchi vosita sifatida baholash mumkin. Olimlar mazkur preparatni klinik sinovdan o‘tkazish zarurati haqida ma’lum qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Kanadalik olimlar koronavirus ko‘payishini bloklovchi preparatni topdi