14:13 / 19.04.2020
2 223

Ford kompaniyasi o‘z xodimlari uchun «ijtimoiy masofalanishi»ga yordam beradigan «aqlli» soatni taqdim etdi

Ford kompaniyasi o‘z xodimlari uchun «ijtimoiy masofalanishi»ga yordam beradigan «aqlli» soatni taqdim etdi
Foto: Motor
COVID-19 koronavirus pandemiyasi davom etayotgan bir paytda Amerikaning Ford avtomobilsozlik konserni mutaxassislari o‘z xodimlari uchun maxsus «aqlli» soatlarni taqdim etdi, ushbu soatlarni taqib yurish barcha xodimlar uchun majburiy bo‘ladi, deya xabar beradi Motor'ga tayanib Daryo nashri.

Amerika sog‘liqni saqlash sohasidagi ekspertlari kasallik yuqmasligi uchun insonlar bir-biriga 1,8 metr masofaga qadar yaqin kelishlari mumkinligini aniqladi. Shu sababli «aqlli» soat zavodda ishlayotgan xodim bunga amal qilmasa vibratsiya bera boshlaydi. «Ijtimoiy masofalanish»ga mo‘ljallangan bu turdagi qurilmalar korporatsiya rahbariyatiga masofadan turib qurilmani kuzatish, xodimlar xavfsizlik qoidalariga qanchalik rioya qilayotganini bilish imkonini beradi.

Ayni vaqtda ushbu yangi qurilmalar Michigandagi Plimut zavodida ishlovchi ko‘ngillilar tomonidan testdan o‘tkazilmoqda. Sinovlar yakunlangach, Ford mutaxassislari «aqlli» qurilmalarni seriyali ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni boshlaydi.

Ford may oyining boshida ishlab chiqarish quvvatini qayta yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Shu sababli zavod ishchilariga «aqlli» soatdan tashqari niqob va plastik himoya vositalari ham tarqatiladi. Shuningdek, barcha xodimlarning tana harorati har kuni o‘lchab boriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Ford kompaniyasi o‘z xodimlari uchun «ijtimoiy masofalanishi»ga yordam beradigan «aqlli» soatni taqdim etdi