14:00 / 22.04.2020
2 467

Honor kompaniyasi yangi smartfoni sotuvga chiqqanidan 1 daqiqa o‘tib, 42 mln dollar ishlab oldi

Honor kompaniyasi yangi smartfoni sotuvga chiqqanidan 1 daqiqa o‘tib, 42 mln dollar ishlab oldi
Foto: 3DNews
15 aprel kuni Honor kompaniyasi Xitoyda o‘zining yangi Honor 30 smartfonlar seriyasini taqdim etgan edi. Undan uchta model o‘rin olgan (Honor 30, Honor 30 Pro va Honor 30 Pro+) bo‘lib, ishlab chiqaruvchilar modellar narxini 425 dollardan 850 dollarga qadar baholagan. 21 aprel kuni kompaniya ushbu qurilmalarning ilk partiyasini sotishni boshladi. Savdolar boshlanganidan bir daqiqa o‘tib, Honor bir necha o‘n million dollar ishlab oldi, deb xabar beradi 3DNews.

Kompaniya o‘zining Weibo ijtimoiy tarmog‘idagi akkaunti orqali Xitoy bozoridagi muvaffaqiyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan bo‘lishdi. Turli riteylerlar orqali 1 daqiqa ichida 300 million yuanlik (42 million AQSH dollaridan ortiq) Honor 30 smartfonlar seriyasi sotilgan. Raqamlarga ko‘ra, buncha mablag‘ni yig‘ish uchun taxminan 54 500 tadan 100 000 tagacha qurilma sotilishi kerak bo‘lgan.

Honor 30 kichik modeli yangi Kirin 985 protsessori bazasida yaratilgan. Qurilmaga 6,53 dyuymli OLED displey o‘rnatilgan bo‘lib, tezkor xotirasi 6 yoki 8 gigabayt, ichki xotirasi esa 128 yoki 256 gigabaytni tashkil etadi.

Honor 30 Pro’da esa Kirin 990 5G protsessori qo‘llanilgan. Smartfonga chetlari egilgan 6,57 dyuymli AMOLED displey, 8 gigabayt tezkor xotira, shuningdek, 128/256 ichki xotira o‘rnatilgan.

Flagman seriyasiga kiruvchi Honor 30 Pro+ modeli esa Kirin 990 5G bazasida ishlaydi, 6,57 dyuymli AMOLED displey o‘rnatilgan, asosiy kamerasi 50 megapiksel. 8/12 gigabayt tezkor hamda 256 gigabayt ichki xotirali versiyalarini tanlash mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Honor kompaniyasi yangi smartfoni sotuvga chiqqanidan 1 daqiqa o‘tib, 42 mln dollar ishlab oldi