Foto: TASS
Facebook guruhli videoqo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish imkonini beruvchi Messenger Rooms xizmatini ishga tushirayotganini ma’lum qildi. Xabar qilinishicha, videoqo‘ng‘iroqlarda bir vaqtning o‘zida 50 nafargacha kishi qatnashishi mumkin, suhbatlashish vaqti chegaralanmagan.
Videokonferensiyani Facebook yoki Facebook Messenger akkauntlari orqali tashkil etish mumkin, bunda ijtimoiy tarmoqda ro‘yxatdan o‘tmaganlar ham videoqo‘ng‘iroqqa qo‘shilishi mumkin.
Messenger Rooms ushbu haftada qator davlatlarda paydo bo‘lishi kutilmoqda, so‘ngra xizmat barcha foydalanuvchilar uchun ishga tushadi.
Kompaniya ushbu xizmat Instagram va WhatsApp messenjerida ham yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qilgan. WhatsApp videokonferensiyalarida bir vaqtning o‘zida sakkiztagacha kishi qatnashishi mumkin bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi