09:30 / 05.05.2020
4 770

Uchqo‘rg‘onda somondan qog‘oz ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi (foto)

Uchqo‘rg‘onda somondan qog‘oz ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi (foto)
Foto: Namangan viloyat hokimligi axborot xizmati
Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Uchqo‘rg‘on tumanidagi «Uzbek China paper» korxonasida tashkil etilgan somondan qog‘oz ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdi. Bu haqda hokimlik axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Namangan viloyat hokimligi axborot xizmati

Foto: Namangan viloyat hokimligi axborot xizmati

Foto: Namangan viloyat hokimligi axborot xizmati
Tumanning Istiqbol MFY hududidagi bo‘sh turgan ob’ekt negizida tashkil etilgan korxonada yillik 1,5 ming tonna qog‘oz mahsulotlari ishlab chiqariladi.

Umumiy qiymati 1,8 milliard so‘m bo‘lgan loyihani amalga oshirish uchun 600 million so‘m tadbirkorning o‘z mablag‘lari hamda 1,2 milliard so‘m bank krediti yo‘naltirildi.
2019 yilning oxirida ishga tushirilgan korxonada 10 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Uchqo‘rg‘onda somondan qog‘oz ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi (foto)