18:35 / 08.05.2020
3 218

Yaponiyada koronavirusni davolash uchun birinchi preparat tasdiqlandi

Yaponiyada koronavirusni davolash uchun birinchi preparat tasdiqlandi
Foto: Reuters
Yaponiya hukumati koronavirusga chalingan bemorlarni davolashda Amerikaning virusga qarshi tajribaviy «Remdesivir» preparatidan foydalanishni ma’qulladi, deb xabar bermoqda «RIA Novosti» Kyodo agentligiga tayanib.

Qayd etilishicha, «Remdesivir»dan foydalanishga ushbu preparatni ishlab chiqaruvchi Amerika kompaniyasi tomonidan tegishli bayonot e’lon qilinganidan 3 kun o‘tib ruxsat berilgan bo‘lib, u koronavirusni davolashda tasdiqlangan ilk dori vositasi bo‘ldi.

«Remdesivir» o‘z davrida Ebola bezgagini davolash uchun yaratilgan edi. Lekin u paytda samarali ekanligini isbotlay olmagan. Keyinchalik mazkur dori RNK tuzilishi koronavirusnikiga o‘xshash Yaqin Sharq respirator sindromi (MERS) va SARS-CoV atipik pnevmoniyasiga qarshi davolashda o‘z samaradorligini ko‘rsatgan.

Preparat Amerikaning Gilead Sciences biofarmatsevtik kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladi. Ayni paytda xalqaro olimlar guruhi kasallikning og‘ir shakli kuzatilayotgan bemorlarda uning klinik sinovlarini o‘tkazmoqda.

Shuningdek, agentlikning ta’kidlashicha, may oyi davomida «Favipiravir» va «Favilavir» degan nomlar bilan tanish bo‘lgan «Avigan» preparati ham tasdiqlanishi mumkin. Ushbu dori vositasi olti yil avval Fujifilm Toyama Chemical Co tomonidan grippni davolash uchun ishlab chiqilgan. Ammo homila rivojlanishida yuzaga kelishi mumkin nojo‘ya ta’sirlari sababli homilador ayollar foydalanishi mumkin bo‘lgan dorilar istisno qilingan va boshqa dorilar ta’sir qilmasa, hukumatning maxsus buyrug‘i bilan qo‘llash mumkin bo‘lgan dorilar ro‘yxatiga kiritilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Yaponiyada koronavirusni davolash uchun birinchi preparat tasdiqlandi