15:31 / 11.05.2020
2 570

Meizu 17 va Meizu 17 Pro — kompaniyaning eng yaxshi smartfonlari sotuvga chiqdi

Meizu 17 va Meizu 17 Pro — kompaniyaning eng yaxshi smartfonlari sotuvga chiqdi
Foto: IXBT
11 may kuni Xitoy hududida 5G aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlovchi Meizu 17 hamda Meizu 17 Pro flagman smartfonlari sotuvga chiqdi, deb xabar qildi IXBT.

Ikkala smartfonga ham 2340x1080 pikselli 6,6 dyuymga teng Samsung Super AMOLED ekranlari o‘rnatilgan bo‘lib, ular old panelning 92,2 foizini egallaydi. Barmoq izi skaneriga ega smartfon 90 Gers yangilanish tezligiga, shuningdek, kengaytirilgan dinamik diapazonga ega.

Qurilmalarga Snapdragon 865 5G bir kristalli tizimi o‘rnatilgan. O‘ng yuqori burchakda joylashgan 2,99 millimetrli frontal kamera 20 megapikellga teng. Meizu 17’ga 64 megapikselli Sony IMX686 asosiy kamerasi, 12 megapikselli televik, 5 megapikselli makrokamera va 8 megapikselli keng burchakli (118 daraja) kamera o‘rnatilgan.

Meizu 17 Pro’dagi keng burchakli kamera 32 megapiksellni tashkil etib, tasvirni 129 daraja kenglikda qamrab oladi. Bundan tashqari, smartfonga Samsung tomonidan ishlab chiqarilgan 3D datchigi o‘rnatilgan bo‘lib, u surat va videoroliklarda fonning bejalishini ta’minlashi, shuningdek, qo‘shimcha reallikka mo‘ljallangan mobil ilovalarda ishlatilishi mumkin.

Foto: IXBT
Smartfonlarga 30 vattli tezkor quvvatlantiruvchi Super mCharge’ga ega 4500 mA/soat sig‘imli akkumulator o‘rnatilgan. Shuningdek, u simsiz tezkor quvvatlantirishni ham qo‘llab-quvvatlaydi. Bu esa 4500 mA/soat sig‘imga ega akkumulatorni 30 daqiqa ichida 47 foizga to‘ldirish imkonini beradi. Meizu 17’ning orqa paneli oynadan ishlangan bo‘lsa, Meizu 17 Pro keramik qopqoqqa ega.

Foto: IXBT
8 gigabayt tezkor va 128/256 gigabayt ichki xotira o‘rnatilgan Meizu 17’ning narxi 523 dollardan boshlanadi. Xuddi shu kabi texnik tavsifga ega Meizu 17 Pro 607 dollardan sotuvga chiqqan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Meizu 17 va Meizu 17 Pro — kompaniyaning eng yaxshi smartfonlari sotuvga chiqdi