17:40 / 11.05.2020
2 300

Olimlar koronavirusga chalinganda o‘lim ehtimolini hisoblab beruvchi kalkulyatorni yaratishdi

Olimlar koronavirusga chalinganda o‘lim ehtimolini hisoblab beruvchi kalkulyatorni yaratishdi
Foto: «Voi.com.ua»
Polshalik olimlar koronavirus infeksiyasini yuqtirganda o‘lim ehtimolini hisoblab beruvchi kalkulyatorni yaratishdi.
Pomor ilmiy-texnologik parki vakili Magdolena Malara-Shvitonskayaning jurnalistlarga ma’lum qilishicha, dastur «odamning yoshi va jinsi, shuningdek, surunkali kasalliklarning to‘rtta asosiy turi to‘g‘risidagi ma’lumotlar»ga tayanadi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kalkulyatorni yaratishda shifokor va epidemiologlar ham ishtirok etishgan.
Kalkulyator inobatga oladigan kasalliklar orasida yurak-qon tomir kasalliklari, yuqori qon bosimi, qandli diabet, onkologiya bor.

«COVID tufayli o‘lim xavfi turmush tarzi va u bilan aloqador kasalliklarga, jumladan, semizlik, diabet, gipertoniya va uning asoratlariga bog‘liq. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, hech qanday surunkali kasalligi bo‘lmagan odamlar orasida COVID-19 tufayli o‘lim darajasi 1% ni ham tashkil etmagan», — dedi kalkulyatorning asosiy ishlab chiqaruvchisi, tibbiyot fanlari doktori Pyotr Bandosh.

Kalkulyator testiga ko‘ra, 30 yoshdagi surunkali kasalligi bo‘lmagan erkaklar koronavirusga chalinganda o‘lim xavfi 0,03%, ayollarda esa 0,02% ni tashkil etadi. Qandli diabet va onkologiyadan qiynalayotgan 80 yoshdagi erkak uchun bunday xavf-xatar 25,86%, xuddi shu yoshdagi va o‘sha-o‘sha kasalliklari bo‘lgan ayollar uchun esa 14,03% ni tashkil etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Olimlar koronavirusga chalinganda o‘lim ehtimolini hisoblab beruvchi kalkulyatorni yaratishdi